
Birovning ustidan kulmagin zinxor...Yoxud Ronaldu "eb qo‘ydi"
Xabaringiz bor, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning yangi klubdagi asosiy maoshi yiliga 75 million dollarni tashkil qiladi va qo‘shimcha bonuslar bilan birga hisoblaganda, uning maoshi 200 million dollargacha etishi mumkin.
Ayni damda “Barselona”ni boshqarayotgan Xavi o‘z vaqtida Messi va Ronaldu haqida berilgan savolga quyidagicha javob bergan edi.
“Messining ruhiy va jismoniy tezligi mukammal. Axmoqlar futbol o‘ynolmaydi, Ronaldu haqida gapirmasam ham bo‘ladi. Krishtianu darajasidagi sportchi aqlli bo‘lishi kerak, lekin Messi bilan bir vaqtda o‘ynagani uning omadsizligi. Ularni solishtirishdan ma’no yo‘q. Agar u “Real”dan ketsa, gaplarimning isbotini hamma ko‘radi".
Keyinchalik Ronaldu ushbu gaplarga munosabat bildirib, Qatar klubiga ko‘chib o‘tgani Xavini tanqid qilgan edi.
“Xavi hech qachon “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritmagan va uning fikri meni qiziqtirmaydi. U Qatarga ketdi, chunki u hech kimga kerak emas”.
Eslatib o‘tamiz, Xavi 2014-2015 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng "Barselona"dan "Al-Sadd"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar