Bishkekdan xushxabar! Yosh karatechilarimiz 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Qirg‘iz Respublikasi karate WKF bo‘yicha “Championships-2025” turniriga mezbonlik qilmoqda.

Bugun 16-17 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bahslarda bir qator atletlarimiz jang o‘tkazishdi va  shoxsupaga ko‘tarildi. Quyida g‘olib hamda sovrindorlarimiz ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin medali:
Pulatova Diyora -48kg 
Teshaboeva Mohinur -56kg
Egamberdieva Sabrina +66kg
Qobilov Aslbek -76kg
Zoirov Begzod +76kg 

Kumush medali:
Mardiga Vladislava +66kg
Bahromov Sardor -76kg 
Mardonov Firdavs +76kg

Bronza medali: 
Sa’dullaev Suhrob -61kg
Zokirov Samandar -68kg

Bu haqda O‘zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!