Bittasi “Siti”niki! “Qarg‘alar” birdaniga ikki darvozabon bilan muzokara boshladi

  • 18.07.2026 12:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishga bel bog‘lagan badavlat klublardan “Nyukasl” yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

“Qarg‘alar” yangi darvozabon olish maqsadida “Brayton” golkiperı Karl Rashuort va “Manchester Siti” vakili Jeyms Traffordni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ushbu yozda “Nyukasl” allaqachon yangi darvozabon xarid qildi va “Reyms”dan Yuen Jauenni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Biroq u ijarа muddati tugagach, “Sautgempton”ga qaytgan Aaron Ramsdeylning o‘rnini bosish uchun taklif etilgan edi.

Nik Poupning kelajagi bo‘yicha noaniqlik “qarg‘alar”ni yana bir darvozabon izlashga majbur qilmoqda.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, klub bir vaqtning o‘zida ikki variant ustida ishlamoqda.

Xabar qilinishicha, “Nyukasl” o‘tgan mavsumni “Koventri”da ijara asosida juda yaxshi o‘tkazgan Karl Rashuort uchun 20 million funtdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan ikki marta taklif yuborgan.

Shuningdek, klub “Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford bo‘yicha ham aloqani saqlab turibdi. Manbaga ko‘ra, Trafford “Siti”da Janluiji Donnarummaning zahira darvozaboni roliga ko‘nikishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!