Bivol chempionlik jangiga Jalolov yordamida tayyorlanyapti
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Samandar Jalolov rossiyalik mashhur jangchi Dmitriy Bivolning navbatdagi titul jangiga tayyorgarligida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sports.kz.
Samandar Jalolov o‘zining Instagram sahifasida Bivol bilan Dubayda (BAA) o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotdan lavha joylashtirdi. Videoda ikki bokschi ring yonida himoya anjomlarida suratga tushgani aks etgan.
«Bivol bilan sparringdan so‘ng», — deb yozgan o‘zbekistonlik bokschi ushbu post ostida.
Yodga solib o‘tamiz, yarim og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Dmitriy Bivol o‘zining birlashtirilgan kamarlarini (WBA, WBO, IBF va The Ring) britaniyalik Kallum Smitka qarshi jangda himoya qiladi. Jang 12 dekabr kuni Yekaterinburg shahrida (Rossiya) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Majburiy da’vogar hisoblangan Kallum Smit jamoasi jang uchun shartnomani allaqachon imzolagan. Shu bilan birga, titul bahsini Rossiya hududida o‘tkazish uchun tashkilotchilarga xalqaro boks tashkilotlaridan rasmiy ruxsat olish kutilmoqda.

Fikrlar