Bivol ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi!

  • 2 iyun, 2024, 03:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Turnir doirasida yarim og‘ir vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi Dmitriy Bivol chempionlikka da’vogar Malik Zinadga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 ruandga mo‘ljallangan jang 6-raundda yakunlandi, sababi Bivol raqibini nokautga uchratdi. Dmitriy raqibiga ketma-ket zarbalar yo‘lladi va referi jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa, Dmitriy Bivol WBA va IBO kamarlarini munosib himoya qildi hamda o‘zida saqlab qoldi. Shuningdek, Bivolning rekordi 23-0 ko‘rinishiga keldi. G‘alabalarining 12 tasi texnik nokaut orqali. 

Zinad esa, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini mana shunday holatda qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!