Biz Hamzat Chimaevning butun arsenalini ko‘ramiz, agar...
Taniqli UFC jangchisi Kamaru Usmon o‘rta vaznda amaldagi chempion Hamzat Chimaev va sobiq chempion Shon Striklend o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv haqida gapirdi.
"Shonni tutish juda qiyin. U zarbalardan qochadigan g‘alati uslubga ega. Hamzatning esa hozircha bitta qurolini bilamiz. Agar u ham ish bermasa, biz Chimaevning butun arsenalini ko‘ramiz", - dedi nigeriyalik.
Ma’lumot uchun, hali rasmiy e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘plab xorij nashrlari Hamzatning keyingi raqibi sifatida Striklendni aytmoqda.

Fikrlar