Bizga bunday futbolchi kerak emas

  • 17.03.2026 17:28
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Milan" klubi portugalik vinger Rafael Leauni sotib yuborishga qaror qildi.

"La Gazetta dello Sport" nashri bergan xabarlarga koʻra, "Milan" klubi Rafael Leauni sotuvga qoʻymoqchi. Avvalroq, milanliklar futbolchini qoʻyib yuborishni istisno qilgan edi, biroq "Latsio"ga qarshi uchrashuvdagi futbolchining harakatlari klub rahbariyatining fikrini oʻzgartirgan. Endilikda "rossonerilar" Lea u boʻyicha har qanday taklifni koʻrib chiqishga tayyor. Futbolchining shartnomasida 170 million evrolik tovon puli belgilangan. Ammo klub bunday summani hech kim toʻlab bermasligini tushunib turibdi. Shu bois, 80 milliondan boshlanadigan takliflarni koʻrib chiqadi. Klub rahbariyatining fikrini oʻzgartirgan vaziyat "Latsio" ga qarshi oʻyinda bosh murabbiy Massimiliano Allegri 66-daqiqada Leauni almashtirganidan soʻng, jamoadoshlari bilan futbolchining tortishuvi boʻldi. Vingerning italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 70 million evroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda Portugaliya terma jamoasi aʼzosi 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!