
Bizga “Liverpul” va PSJdan ko‘ra “Real” ma’qul!
Evropa futboli grandlari “Lill” himoyachisi Leni Yoro uchun kurashmoqda.
18 yoshli futbolchi o‘ziga “Liverpul” va “Pari-Sen Jermen” singari grand klublardan jiddiy qiziqish bo‘layotganini biladi.
Jurnalist Saymon Jonsning yozishicha, Leni Yoroning o‘zi “Real”ga o‘tishga moyillik bildirmoqda. Yaqinda “Qirollik klubi” futbolchi bilan bog‘lanib, hech qaysi klub bilan shartnoma tuzmay turishni so‘ragan.
Yoroning “Lill” bilan amaldagi kelishuv yana bir davom etadi. Transfermarkt martali iqtidorli o‘yinchini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar