Bizga oʻt, yiliga yetti million yevro maosh olasan!
Italiyaning “Milan” klubi “Liverpul” sardori Virjil van Deykni oʻz safiga qoʻshib olish uchun unga yiliga 7 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Manbalarga koʻra, niderlandiyalik himoyachining “Liverpul” bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga yetadi va uni uzaytirish ehtimoli yuqori emas.
Shuningdek, sakkiz mavsumdan beri Angliyada toʻp surayotgan van Deyk faoliyatida yangi chaqiriqni sinab koʻrishni istayotgani ham aytilmoqda. Kelasi hafta 35 yoshga toʻladigan futbolchi uchun Italiya chempionati jismoniy yuklamalar nuqtai nazaridan ham qulayroq variant sifatida baholanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda “Milan” A Seriyani 5-oʻrinda yakunlagan. Klub rahbariyati jamoani yana chempionlik kurashiga qaytarish uchun bosh murabbiylikka Ruben Amorimni olib keldi.

Fikrlar