Bizni kutmanglar! Messi endi “Inter Mayami”ga yordam berolmaydi
Argentina milliy terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi hamda Rodrigo De Paul MLS muntazam chempionatining bir nechta uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi va ma’lum muddat “Inter Mayami”ga yordam bera olmaydi.
Bu haqida ESPN xabar berdi.
Shimoliy Amerika MLS chempionati 2026 yildagi jahon chempionati munosabati bilan berilgan tanaffusdan so‘ng qayta boshlandi.
“Inter Mayami” 22 iyul kuni o‘z maydonida “Chikago Fayr”ni qabul qiladi, 25 iyul kuni esa mehmonda “Monreal”ga qarshi bahs olib boradi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasining har ikki futbolchisi kuch to‘plash uchun tanaffus oladi va mazkur uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Shuningdek, ular 29 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan MLS yulduzlari uchrashuvida ham qatnashmasligi mumkin.
Argentina terma jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida finalgacha yetib bordi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
39 yoshli Lionel Messi turnirda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, sakkizta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. 32 yoshli Rodrigo De Paul esa yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar