Blan "Roma"ga o‘z xizmatlarini taklif qildi

  • 13 may, 2019, 22:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi rahbariyati Klaudio Raneri o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklarning bu boradagi keyingi nomzodi Loran Blan. Ushbu frantsiyalik mutaxassis kecha A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Roma" - "Yuventus" jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan va “bo‘rilar” rahbariyatiga  o‘z hizmatlarini taklif qilgan. Biroq, “Roma” xo‘jayinlari Blandan ko‘ra tajribaliroq va mahoratliroq murabbiy olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Roma” boshqa bir frantsuz mutaxassisi – Arsen Venger nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Камолдин Абу Абдуллох
15/05/2019 02:31
Шу Блан яхши мураббий эдида, МЮ га қайтиши керак!