
Bo Nikalning hafsalasi pir bo‘ldi
UFC ning o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Bo Nikal promoushen sharhlovchilarining gaplaridan ranjiganini aytdi.
"Daniel Korme va Jo Rogan "Oh, Nikal Xamzat Chimaev uchun hali ham tayyor emas ekan" deyishdi....To‘g‘risi, o‘shanda g‘alati holatga tushib qoldim. Men juda hurmat qiladigan odamlardan bu gaplarni eshitib , rosti, biroz xafa bo‘ldim", - deya Nikalning so‘zlarini keltirdi "The Sports Rush".
Eslatib o‘tamiz, "UFC 309" turnirida Bo Nikal ochkolar bo‘yicha Pol Kreygdan ustun keldi.
Fikrlar