Boateng mavsumni Turkiyada o‘tkazishi mumkin

  • 24.08.2019 20:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Takvim nashrining xabar berishicha 30 yoshli futbolchini "Fenerbaxche" klubi ijaraga olmoqchi. Biroq, istanbulliklar “Bavariya” Boatengning 1/3 qism maoshini to‘lab berishini xohlashmoqda.

Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!