
Boateng "Yuventus"ga o‘tmaydigan bo‘ldi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng “Yuventus”ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar 30 yoshli germaniyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytishgan.
Sky Sport Deutschland tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda “Bavariya” va “Yuventus” vakillari Boatengning transferi masalasida tuni bilan muzokaralar o‘tkazishgan, biroq, yakunda bir qarorga kelishmagan. Endi u yana “Bavariya”da qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar