Bob Arum aprelda chempionlarni ringda uchrashtirmoqchi

  • 6 yanvar, 2018, 11:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Top Rank promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Bob Arum yarim o‘rta vazn toifasida WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Jeff Xorn va bu kamarga rasmiy da’vogar Terens Krouford o‘rtasida jang tashkil qilishni xohlamoqda. Bo‘lajak to‘qnashuv shu yilning aprel oyiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Boxingnews24 nashri.

Tecno

O‘sha oyda Arum shuningdek, sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempoini Menni Pakyao va Mayk Alvarado to‘qnashuvini ham rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, filippinlik bokschi bu jangda yutadigan bo‘lsa, Xorn – Krouford juftligi g‘olibi bilan uchrashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Avvalroq Terens vaznini o‘zgartirib, o‘ziga tegishli to‘rtta chempionlik kamarlarini bo‘sh qoldirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!