
Bob Arum: "Ikki buyuk bokschining ham davri o‘tdi"
Amerikalik promouter Bob Arum davri o‘tib borayotgan ikki bokschi haqida gapirdi.
"Ahmoqlikning chegarasi yo‘q. Entoni Joshua juda ko‘p janglar o‘tkazdi va Deontey Uaylderda bo‘lgani kabi og‘ir mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Tan olish kerak, Joshua va Uaylderning davri o‘tdi. Ammo ular o‘rtasidagi bahs muxlislar uchun hamon juda qiziq", - dedi Bob Arum Fight Hub TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr kuni Londonda o‘tkazilgan katta boks oqshomida Daniel Dyubua Entoni Joshuani 5-raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar