
Bogachuk: "Ortic bu kurashni bekorga qabul qilmagan"
Birinchi o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC yo‘nalishi chempioni Sergey Bogachuk navbatdagi raqibi Virjil Ortisning rekordini yuqori baholadi.
“Men Virjining janglarini ko‘rganman. Agar u oson raqiblar bilan jang qilgan bo‘lsa, uni e’tirof etmasdim. Lekin Ortis yaxshi bokschilarga qarshi bahslarda g‘alaba qozondi. Bu uning kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Ammo Virji mening shafqatsiz va qattiq jangchi ekanimni biladi. Agar u o‘ziga yuz foiz ishonmaganida men bilan jangga chiqmagan bo‘lardi. Demak, u o‘ziga ishonadi. Ortic bu kurashni bekorga qabul qilmagan. U kamarni xohlaydi. Biroq bu mening kamarim. Men uni hech kimga bermayman”, – dedi Bogachuk You Tube dagi Snowquella kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Bogachuk(24-1, 23 KO) va Ortis(21-0, 21 KO) o‘rtasidagi jang 10 avgust kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar