Boks. Bobousmon Baturov bronza medalini qo‘lga kiritdi

  • 20.09.2019 20:05
  • 1
  • Boks

Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov final yo‘lida angliyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tarildi.

Qiziqarli tarzda kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan angliyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, Baturov Jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzahalilovlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Oldinda esa bizni Dilshodbek Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi yarim final janglari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
20/09/2019 20:36
Лапашанг йенгилдими
Jasur Mamataliyev
20/09/2019 21:09
Уйерда хам осонмас