Boks bo‘yicha milliy terma jamoamiz Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi uchun Yaponiyaга jo‘nab ketdi
Maʼlumki, Yaponiya mezbonligida o‘tkaziladigan Osiyo oʻyinlari start olishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etish va yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida milliy terma jamoamiz tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini aynan kunchiqar yurtda o‘tkazish uchun jo‘nab ketdi.
Bokschilarimiz 2-9 va 9-16 sentabr kunlari Nisio shahrida joylashgan sport bazasida xalqaro qo‘shma oʻquv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadilar.
Endi sportchilarimiz musobaqa o‘tkaziladigan muhitga moslashgan holda, murabbiylar shtabi rahbarligida tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini davom ettiradi.
Yig‘inga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Samandar Olimov
Asilbek Jalilov
Faryozbek Do‘stmatov
Abdumalik Xalokov
Sanjarbek Vaxobov
Abdurahmon Mahmudjonov
Dilshod Abdumurodov
Ilhomjon Ergashev
Shavkatjon Boltaev
Abdulloh Madaminov
Fazliddin Erkinboev
Nurislom Ismoilov
Norbek Abdullaev
To‘rabek Habibullaev
Akmaljon Isroilov
Xalimjon Mamasoliev
Arman Mahanov
Jahongir Zokirov
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Xuan Enrique Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov, Botir Mahmudov, Dmitriy Sinitskiy, Javlon Eshmatov.
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto.
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar