Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida xorijlik mutaxassislar ishlamoqda!

  • 18.01.2026 12:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Olimpiya shaharchasining “Yakkakurashlar” arenasida kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda. 

Bugunga kelib, chorak final bahslariga start berildi. 

Oʻzbekiston boks federatsiyasi tomonidan janglarning adolatli, shaffof oʻtishini taʼminlash uchun xorijdan hakamlarni taklif etish yoʻlga qoʻyilgan edi. Mazkur chempionatda ham ushbu anʼana davom etdi va 9 nafar hakam hamda 1 nafar nazoratchi (supervayzer) ushbu bosqichdan ishga kirishdilar.

Nazoratchi:  
Sima Viorel Emil (Ruminiya)

Hakamlar:
Rami Adnan Sabri(Iordaniya)
Batsukh Boldbat (Mongoliya)
Pastor Arreaga Emerson Alehandro (Guatemala)
Mufassir Said (Marokash)
Pitsarro Valdes Xulio Anxel (Puerto-Riko)
Suilmi Muxsin (Marokash)
Masiyambumbi Stiven (Zimbabve)
Morales Xavier Mariya Del Pilar (Meksika)
Babai Shandor (Vengriya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!