Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni hibsga olindi

  • 22.02.2020 14:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Daily Star nashrining xabar berishicha, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Edrian Broner Las-Vegasda Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o‘rtasidagi vazn o‘lchash marosimida hibsga olingan.

Soqchilar Bronerga zalga kirishga va marosim o‘tkaziladigan sahnaga borishga ruxsat berishmadi. Bokschi esa voqea joyini tark etishdan bosh tortdi. Oxir-oqibat vaziyatga politsiya aralashishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!