Boks. Bugun jahon chempionatining yarim final va final bahslari bo‘lib o‘tadi
Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqa doirasida 6 nafar bokschimiz yarim finalda ringga ko‘tarilsa, Fazliddin Erkinboev o‘zining final bahsini o‘tkazadi.
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazym Kyzaybay (Qozog‘iston);
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Lasha Guruli (Gruziya);
-80 kg: Javohir Ummataliev - Gabriel Veochich (Xorvatiya);
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakyroglu (Turkiya);
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Australiya);
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Michael Fares Derouiche (Avstriya);
Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kivan Rami (Bolgariya).
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar