Boks: Ekaterinburg qahramonlaridan biri operatsiya qilindi

  • 17 oktabr, 2019, 11:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Muslim Gajimagomedov Germaniyada jarohatlangan qo‘lida operatsiya qilindi. Tiklanish bir oyga yaqin davom etadi, deb xabar beradi “TASS”.

22 yoshli Gadjimagomedov Ekaterinburgda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida g‘olib chiqdi. Sportchi 91 kg vazn toifasida bahs olib boradi. U shuningdek, 2019 yilgi Evropa o‘yinlari g‘olibi va 2017 yilgi Evropa chempionatining kumush medal sovrindoriga ham aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!