Boks. Islom birdamlik o‘yinlarini super tarzda boshladik!
Xabaringiz bor, 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi.
Musobaqaning boks bahslari doirasida bugun, 3 nafar bokschi qizlarimizning janglari o‘rin olgandi. Ular chorak finaldan yurishlarini boshlashmoqda.
Zilolaxon Yusufova -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Saudiya Arabistoni vakilasi Yara Alamrini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Xumroabonu Mamajonova va pokistonlik Laura Akram to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar