Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Boks. Jahon chempionati boshlanmoqda!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bugun faqat bir nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi.

Xabaringiz bor, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.

60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar ishtirok etadigan dunyo birinchiligi bugundan start oladi.

Ilk kundan faqatgina bir nafar qizimizning bahsi o‘rin olgan.

-54 kg: Nigina O‘ktamova (O‘zbekiston) - Elina Bazarova (Qozog‘iston).

Ma’lumot uchun, uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 15:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi. O‘ktamova esa 22:15 da ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q