
Boks. Jahon chempionati finaliga eng ko‘p ishtirokchi O‘zbekistondan chiqdi!
Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 25 va 26 noyabr kunlari chempionatda final bahslari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, musobaqaning finaliga eng ko‘p yo‘llanmani O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritdi. Quyida bu borada to‘liq statistika bilan tanishib olishingiz mumkin:
Eng ko‘p finalchiga ega mamlakatlar:
- O‘zbekiston: 8 ishtirokchi
- Hindiston: 7
- Angliya, Qozog‘iston, Ukraina: 4
- Kuba, Germaniya: 3
- Gruziya, Meksika, Niderlandiya: 2
- Armaniston, Kolumbiya, Daniya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Norvegiya, Filippin, Serbiya, AQSh: 1 tadan
Qizlar o‘rtasidagi finallar:
- Hindiston: 4 ishtirokchi
- Germaniya, O‘zbekiston: 3
- Angliya, Qozog‘iston, Niderlandiya, Ukraina: 2
- Kolumbiya, Daniya, Irlandiya, Norvegiya, Serbiya, AQSh: 1
Erkaklar o‘rtasidagi finallar:
- O‘zbekiston: 5 ishtirokchi
- Kuba, Hindiston: 3
- Angliya, Gruziya, Qozog‘iston, Meksika, Ukraina: 2
- Armaniston, Vengriya, Italiya, Yaponiya, Filippin: 1
Konfederatsiyalar kesimida:
Evropa: 22
Osiyo: 21
Amerika: 7
Afrika: 0
Okeaniya: 0
Fikrlar