Boks. Jahon chempionatining yarim finaliga qaysi davlat vakillari eng ko‘p yo‘llanma qo‘lga kiritdi?

  • 11 may, 2023, 00:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi. Musobaqada chorak final bahslari yakunlandi va  kamida bronza medalini naqd qilgan bokschilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan yarim finalga qadar etib keldi. Kuba va Rossiya 6 nafar, Qozog‘iston esa 5 nafar bokschi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Yarim finalchilarga ega mamlakatlar ro‘yxati:

O‘zbekiston - 9
Kuba, Rossiya - 6
Qozog‘iston - 5
Frantsiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya - 3
Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Mo‘g‘uliston - 2
Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Meksika, Tojikiston - 1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!