
Boks. Yangilangan IBF reytingida hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) aprel oyi uchun o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda 3 nafar bokschilarimiz kuchlilar safida qayd etilgan.
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-o‘rin, Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi 11-o‘rindan 12-pog‘onaga tushgan.
Birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) IBF kamari egasi hisoblangan Murodjon Ahmadaliev reyting yuqorisida chempionlik o‘rnidan joy olgan.
Fikrlar