Bokschi yoshlarimiz Rossiyadagi turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi

  • 21.02.2026 22:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

15-22 fevral kunlari Rossiyaning Komsomolsk-na-Amure shahri yoshlar oʻrtasida xalqaro turnirga mezbonlik qildi. Musobaqada terma jamoamiz aʼzolari 2 ta oltin, 3 kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqdilar. Ushbu natija bokschilarimizga umumjamoa hisobida ikkinchilikni taʼminladi.

Oltin medal:
-54 kg. Hikmatilla Sobirov
-63,5 kg. Otabek Nurmahamadov

Kumush medal:
-80 kg. Xurshidbek Joʻrayev
-92 kg. Abdulloh Qodirov
+92 kg. Zoidjon Toshtamboev

Bronza medal:
-51 kg. Odilshoh Xalimov
-67 kg. Kamronbek Hamdamov
-71 kg. Shohruh Islomqulov
-75 kg. Abrorbek Sharipov
-86 kg. Behruzbek Vafaev

Murabbiylar: Bahromjon Yoqubov, Suxrob Umarov.

Ushbu musobaqada Sodiq Xidirov hakam sifatida faoliyat olib bordi. Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!