Bokschilarimiz “Dracula Open” turnirini 6 ta medal bilan yakunladi!

  • 21.02.2026 22:36
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

15-22 fevral kunlari Ruminiyaning Braila shahri, an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Dracula Open” xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘smirlarimiz 2 ta oltin 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. E’tiborliisi, vakilimiz Samandar Umarov turnirning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.

Oltin medal:
-52 kg. Oybek Alimjonov
-80 kg. Samandar Umarov

Bronza medal:
-46 kg. Yahyo Komilov
-48 kg. Xolid Boborahimov
-57 kg. Asliddin Usubaliev
+80 kg. Farhodjon Bahodirov

Murabbiylar: Elnur Abduraymov, Sherzod Parpiev. 

Ushbu turnirda Sakhida Yakubova hakam sifatida faoliyat olib bordi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!