Bokschilarimiz «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan, futbolchilarimiz esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi

  • 25 avgust, 2023, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bir qator sportchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Farmon matni bilan quyida to‘liq tanishib olishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida etuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Maxsitov Baxodir - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

G‘afurov Davron Dilmuradovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

Yarashov Ergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abdullaev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Turoboev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Paxtakor» futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi

Baraban Igor Petrovich - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi

Muminova Gyozal Baxodirovna - Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o‘rinbosari

Savinova Irina Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi

 

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kondakova Muxabbat Bakievna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

Qobulov Nurali O‘ktamovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tadjiev Baxadir Muxitdinovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig‘i

Toygonbaev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Abduvaliev Andrey Xakimovich - O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari

Kazakova Anna Valerevna - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining engil atletika bo‘yicha murabbiysi

Kun Elena - O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi

Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako‘l tumanidagi kurash to‘garagi rahbari, Buxoro viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullaev A’loxon Ayubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jo‘raev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Raxmonaliev Umarali Maxamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Fayzullaev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yusupov Alisher Xalimboevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«Shuhrat» medali bilan

Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha katta murabbiysi

Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Namangan viloyati

Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

To‘ychiev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

Turaboev Bekzod Saitkulovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

Xasanov Akmal Yo‘ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!