Bokschilarimiz yana bir xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Ozarbayjonga uchib ketdi
1-7 aprel kunlari Ozarbayjon davlatining Boku shahri an’anaviy "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turniriga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada 6 nafar Buxoro viloyati terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar.
Tarkib bilan tanishing:
-55 kg. Otabek Ismoilov
-65 kg. Asadbek Rajabov
-65 kg. Amirbek Jo‘raqulov
-70 kg. Akbar Ahmadov
-75 kg. Sherbek Shokirov
-85 kg. Javohir Mehriddinov
Murabbiy: Murod Hayitov
Jamoa menejeri: Sardor Yormuhammedov
Hakam: Firuza Sulaymonova
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar