Bokschilarimizning g‘alabasini Tursunoy Rahimova boshlab berdi

  • 25.07.2021 07:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Boks

Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.

-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/07/2021 12:25
Муҳими Боксдаги ғалабалар ҳам бошланди. Энди буёғи давомли бўлаверсин. Олға ватан шаъни учун олға фақат ғалаба омадлар тилаймиз сизларга.
ANNAQULOV G'ULOM
25/07/2021 09:39
Olimpiadaning bayroq bilan chiqich qismi yaxshi boshlanmadi menimcha.

omadsizliklar shundan bo`lsa kerak, bu narsa ko`pchilik sportchilarga ta`sir qilgan shekilli.
Lekin bu bahona bo`lolmaydi. CHUNKI VATAN SHA`NI BU BIRINCHI MASALA !!!!!