Bokschimiz bronza medali bilan Islom Birdamligik o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Uzukjamol Yunusova ushbu musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz yarim finalda turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar