Bolalikdagi sevimli jamoasiga xet-trik qilgan Koul Palmer
"Chelsi" APLning 31-turida "Manchestre Yunayted"ni mehmoni qilib, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 90+9 daqiqasigacha "qizil iblislar" oldinda edi, lekin Koul Ralmer ikki daqiqani ichida dubl qilib, jamoasining ajoyib g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, o‘zining sevimli jamoasiga xet-trik amalga oshirdi.
Gap shundaki, Palmer yoshligida "Manchester Yunayted" fanati hisoblangan.

22 yoshli ingliz Ueyn Runini kumir sifatida ko‘rgan. vinger intervyularining birida "Manchester Yunayted" afsonasi haqida shunday deydi: "U mening bolalikdagi qahramonim bo‘lgan".
Palmer yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa-da, juda yaxshi mavsum o‘tkazmoqda. U allaqachon yangi jamoasi tarkibida 33 ta golda ishtirok etib bo‘ldi.
Fikrlar