Bo‘ldi, bu jamoa uchun futbol o‘ynamayman!
“Nyukasl” va shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isaak o‘rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bormoqda. Klub 25 yoshli to‘purarni “Liverpul”ga qo‘yib yubormadi.
Isaak bu qarorga noroziligini bildirib, jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etmadi. Endi mashhur o‘yinchi rasmiy uchrashuvlarda ham maydonga tushmoqchi emas.
Bir necha manbalarning yozishicha, Isaak Angliya Premer-ligasining dastlabki ikki turida jamoaga yordam bermasligini aytdi.
“Nyukasl” mavsumdagi debyut uchrashuvini 16 avgust kuni Birmingemda “Aston Villa”ga qarshi o‘tkazadi. 25 avgustda “qarg‘alar” amaldagi chempion “Liverpul” bilan kuch sinashadi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano ham Alesandr har ikki o‘yinda ham maydonga tushmoqchi emasligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” Isaak uchun “Nyukasl”ga 138 million evro taklif qilib, rad javobini oldi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar