Bo‘ldi, “Siti” yulduzi aniq ketadi!

  • 10.03.2026 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti” tarkibini yulduz futbolchilardan biri tark etadigan boʻldi.

Jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, yarim himoyachi Bernardu Silva mavsum tugagach, klubni tark etib, erkin agent sifatida kuchini boshqa jamoalarda sinab koʻrishga qaror qilgan.

Jurnalist taʼkidlashicha, Silva va “Manchester Siti” oʻrtasida shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilayotgani yoʻq.

Portugaliyalik yulduz 2017 yil iyul oyidan beri “Manchester Siti” safida oʻynab kelmoqda va bu mavsumdan jamoa sardori hisoblanadi.

Bernardu Silva Xosep Gvarjiola qoʻl ostida hozirgacha 446 ta rasmiy oʻyinda ishtirok etib, 75 ta gol urgan va jamoadoshlariga 77 ta golli uzatma muallifi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!