
Bonu chempion, Shuhratbek sovrindor!
Gruziyaning Tbilisi shahrida karate WKF bo‘yicha jahon reyting ballarini beruvchi “ A” ceriyasi tasnifida o‘tayotgan musobaqada vakillarimiz oltin va kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa doirasida Bonu Egamberdieva -68 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shuhratbek Namozov (-84 kg.) finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchib, kumush medal sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zosi Sevinch Rahimova karatening kumite yo‘nalishida kumush medali bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar