
Bonuchchi dunyoning eng kuchli ikki himoyachisi kimligini aytdi
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi UEFA Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan Gollandiyaga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Millatlar ligasi – muhim musobaqa. Dastlabki o‘yindagi natija bizning guruhda birinchi o‘rinni egallashimizni qiyinlashtiradi, lekin biz o‘tgan mavsum ham musobaqani shunday boshlagandik va final bosqichiga chiqishga juda yaqin kelgandik.
Biz dunyoning eng yaxshi ikki himoyachisi - van Deyk va Kellinining o‘yinlarini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldik. Ular tarixdagi eng yaxshi himoyachilar beshtaligiga kiradi, deb o‘ylayman.
Van Deyk o‘zining saviyasini Angliya Premer-ligasida va xalqaro miqyosda namoyish etdi, u "Oltin to‘p" ga loyiq edi. Kellini esa o‘n besh yildan buyon yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.
Gollandiyaliklar jismoniy kuchga katta e’tibor qaratishadi, biz esa taktikaga”, - deydi Bonuchchi.
Gollandiya – Italiya uchrashuvi ertaga 7 sentyabr kuni soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar