"Bornmut" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 8 sentabr, 2018, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Bornmut" klubi yarim himoyachi Junior Stanislas bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi APL klubi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, uning avvalgi kelishuvi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etar edi.

Ma’lumot uchun, Stanislas "Bornmut" sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 87ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!