“Bornmut”: Yanvarda shu yulduzni sotmasak bo‘lmaydi
«Bornmut» qishki transfer oynasida yarim himoyachisi Aleks Skottni sotishga qarshi emas.
O‘tgan yozda «Bornmut» boshqa klublarning Skottga bo‘lgan qiziqishini rad etgan. Jumladan, «Chelsi» Aleks uchun 64 million funt sterling taklif qilgan, ammo «Bornmut» bu taklifni qabul qilmagan.
Klub dastlab Skottni sotish niyatida emasligini bildirgan. Bu qaror futbolchining o‘zi o‘tgan mavsum oxirida «Bornmut»ning yangi shartnoma tuzish bo‘yicha ikkita taklifini rad etganiga qaramay qabul qilingan.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda «Bornmut» Skottning vakillari bilan navbatdagi muzokaralarni o‘tkazgan. Natijada Angliyaning janubiy sohilida joylashgan klub 23 yoshli futbolchi 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmasligini anglab etgan.
Shu sababli «Bornmut» yanvar oyida Angliya terma jamoasi yarim himoyachisining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq buning uchun klub Premier-ligada jon saqlab qolish uchun kurashga qo‘shilib qolmasligi kerak.
Hozirda «Bornmut» Skott transferidan taxminan 100 million funt sterling ishlab olishni umid qilmoqda. Futbolchiga «Chelsi»dan tashqari «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan yozda Skottning o‘yini kuzatib borgan «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» esa yarim himoya chizig‘ini boshqa futbolchilar bilan kuchaytirib bo‘lgan.

Fikrlar