"Borussiya" bir qator grandlar qiziqayotgan futbolchisining narxini 120 million evro etib belgiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Jud Bellingemni 2023 yil yoziga qadar 120 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda "Sport Bild" nashri xabar berdi.

Angliyalik yosh iqtidor sohibiga "Real", "Liverpul" va MYu kabi top klublar jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Ammo nemis klubi Judni qo‘yib yuborishni istamayapti. 

Hozirga qadar Germaniya vitse-chempionlari yarim himoyachi uchun birorta rasmiy taklif qabul qilmagan. Eslatib o‘tamiz, "Arilar" futbolchini 2020 yil "Birmingem"dan 25 million evro evaziga qo‘lga kiritgan edi. 

Bellingem yakunlangan mavsum Bundesliganing 31 o‘yinida 3 gol va 8 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!