"Borussiya D" Klopp davridan so‘ng ilk bor bu natijaga erishdi

  • 9 fevral, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya kubogining 1/8 finalida “Borussiya” Dortmund safarda “Boxum”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

E’tiborlisi, dortmundliklar so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta qishki tanaffusdan keyin ketma-ket 5 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishdi.

2012 yilda Yurgen Klopp qo‘l ostida "Borussiya"ning g‘alabali seriyasi 8 o‘yinni tashkil qilgan edi. Dortmundliklar o‘sha mavsumda dubl qayd etib, Bundesliga va Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida 19-turdan so‘ng “Borussiya” peshqadam “Bavariya”dan 3 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!