"Borussiya" Dortmund 17 yoshli futbolchi uchun 50 mln evro taklif qilmoqda

  • 22 yanvar, 2020, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 17 yoshli futbolchi uchun frantsuz klubiga 50 million evro taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kamavingaga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi klublardan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Eduardo Kamavinga joriy mavsum “Renn” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!