“Borussiya” Dortmund Bundesliga rekordini o‘rnatdi
Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliganing yangi mavsumni “Bayer” ustidan 1:0 hisobidagi kamtarona g‘alaba bilan boshladi. Biroq, bu hisob “asalarilar”ga Germaniya chempionatida yangi rekord o‘rnatishi uchun etarli bo‘ldi. Dortmundliklar sakkiz yil ketma-ket mavsumning ochilish o‘yinida g‘alaba qozonishdi.
Nemis klubi oxirgi marta 2014 yilning avgust oyida chempionatni mag‘lubiyat bilan boshlagan. O‘shanda "Borussiya" ochilish o‘yinida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Qiziqarli tomoni o‘sha bahsda “sariq-qoralar” aynan "Bayer"ga yutqazgan edi.
Germaniya Bundesliga chempionatining navbatdagi turida "Borussiya" safarda "Frayburg" bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar