"Borussiya Dortmund" himoyachisi "Barselona"ga qarshi bahs oldidan jarohat oldi

  • 7 aprel, 19:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" klubi Niko Shlotterbekning jarohatlanganini rasman ma’lum qildi.

Futbolchi tizza qismidagi jarohati sababli mavsumning qolgan qismida "asalarilar"ga yordam bera olmaydi. Ta’kidlash joizki, Shlotterbek joriy mavsumda "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Germaniya terma jamoasi a’zosi 25 yoshda bo‘lib, uning nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. "Borussiya" hozirgi mavsumda Bundesliganing 28-turi yakuniga ko‘ra 41 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda turmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Niko Kovach jamoasi Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinini "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!