
"Borussiya" Dortmund o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi!
Avval xabar berganimizdek, Dortmundning “Borussiya” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali “Ayaks”ning ivuarlik hujumchisi Sebasten Allening transferini e’lon qildi.
Aytish kerakki, afrikalik hujumchining transferi nemis grandi uchun rekord bo‘ldi va 31 million evroni tashkil qildi. Allening o‘zi esa dortmundliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Alle "Ayaks" safida 2021 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida amsterdamliklar safida jami 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 47 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bundan avval "Oser", "Utrext", "Ayntraxt" va "Vest Xem" klublarida o‘ynagan. Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida esa 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Sebasten 2 karra Niderlandiya chempioni, Niderlandiya kubogi sohibi va Germaniya kubogi sohibi hisoblanadi.
Fikrlar