"Borussiya" Dortmund qariya futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 20.05.2020 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund klubi himoyachi Lukash Pishek bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, 34 yoshli polshalik futbolchi nemis grandi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ushbu muddat yakunlangach u faoliyatini yakunlamoqchi.

Pishek “Borussiya” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 355 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 64 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!