"Borussiya" Dortmund Sanchoga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 11.02.2020 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati jamoa katta ehtimol bilan yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan vinger Jeydon Sanchoga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda angliyalik futbolchi o‘rnini "Bryugge" a’zosi Dennis Bonaventure egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli nigeriyalik futbolchi Evropadagi faoliyatini Ukrainaning “Zarya” klubida boshlagan. 2017 yilda esa Belgiya klubiga ko‘chib o‘tgan.

Bonaventure joriy mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Real”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Madriddagi bahsda dubl qayd etgan va ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!