"Borussiya" Dortmund sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi
Germaniya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Sankt-Pauli" - "Borussiya" Dortmund uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda dortmundliklar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
4-daqiqada Amenido hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘nggiga yaqin Vitsel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 58-daqiqada Xoland penaltini aniq amalga oshirib, farqni biroz qisqartirdi, biroq o‘yinda boshqa gol kiritilmadi.
Shunday qilib, "asalarilar" keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar